Mashhur telekanal XXI asrning eng yaxshi himoyachilari reytingini e’lon qildi
"Canal+" telekanali XXI asrning eng kuchli himoyachilari reytingini taqdim etdi.
Manbaga ko‘ra, kanal jamoasi jurnalistlar va sobiq futbolchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, asrning birinchi choragidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro‘yxatini shakllantirgan. Umumiy reyting yakshanba kuni e’lon qilinadi, hozircha esa pozitsiyalar bo‘yicha saralangan ro‘yxatlar chop etilmoqda.
Eng yaxshi 15 himoyachi quyidagicha:
1. Serxio Ramos
2. Paolo Maldini
3. Roberto Karlos
4. Fabio Kannavaro
5. Karles Puyol
6. Kafu
7. Alessandro Nesta
8. Dani Alves
9. Lilian Tyuram
10. Rio Ferdinand
11. Marselo
12. Filipp Lam
13. Tiago Silva
14. Rafael Varan
15. Ashraf Hakimi
Fikrlar