Massimiliano Allegri: "Jamoa ishonsa, natijalar o‘zgaradi"
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atalanta"ga qarshi (1:1) uchrashuvdan so‘ng jamoa o‘yini haqida gapirdi.
"Ayrim futbolchilarimiz yo‘q, ammo jamoa yaxshi reaktsiya ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda ko‘p texnik xatolar qildik, shu sababli himoyalanishga to‘g‘ri keldi.
Tanaffusdan keyin yaxshiroq o‘ynadik, lekin hujumda noto‘g‘ri qarorlar qabul qildik. Aynan shu jihatda o‘sishimiz kerak — jamoa o‘z ishiga ishonsa, natijalar ham shubhasiz o‘zgaradi", — dedi Allegri.
Ma’lumot o‘rnida, "Milan" navbatdagi to‘qnashuvini 2 noyabr kuni "Roma"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar