Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mastantuono "Real" bo‘yicha qaror qabul qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchi ijara asosida o‘ynamoqda

«Real» tarkibiga tegishli argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuono ijara asosida «Fiorentina» klubiga o‘tgan bo‘lsa-da, u kelajagini yana madridliklar bilan bog‘lamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi ijara muddati yakunlangach, «Real»ga qaytish niyatida. Madrid klubi rahbariyati ham unga ishonch bildirmoqda. Ispaniya grandining mutasaddilari Mastantuono salohiyatiga ishonib, «Fiorentina»dagi ijarani uning o‘sishi va tajriba to‘plashi uchun muhim bosqich sifatida baholamoqda.

Franko Mastantuono Italiyadagi faoliyatini juda faol boshladi. Yarim himoyachi «Fiorentina» safidagi dastlabki besh uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q