Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

"Master"lar Londonga yo‘l oldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Dunyoning eng kuchli tennischilari Londonda bellashadi

London shahrida 10 noyabr kuni Professional tennischilar uyushmasi – ATP tomonidan yakuniy turnirga start berilishi haqida xabaringiz bor.

Bugun ushbu musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra dunyoning eng kuchli 8 tennischisi ikki guruhga bo‘lindi.

Andre Agassi guruhidan rossiyalik Daniil Medvedev, ispaniyalik Rafael Nadal, gretsiyalik Stefanos Tsitsipas va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan bo‘lsa.

Borna Borga guruhida serbiyalik Novak Jokovich, shveytsariyalik Rojer Federer, avstriyalik Dominik Tim va italiyalik Matteo Berrettini o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, guruhda 1 va 2 o‘rinlarni egallagan tennischilar yarim final bosqichiga yo‘l oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q