Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

"Matador Fighter Challenge" promousheni o‘z jangchisining o‘limiga izoh berdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Muay-tay bo‘yicha o‘tkazilgan bahsning uchinchi raund yakunida jangchi hushini yo‘qotgan edi.

"Matador Fighter Challenge" promousheni o‘z turnirida ishtirok etgan amerikalik Isaak Jonsonning o‘limiga izoh berdi.

"Hozir his-tuyg‘ularimni tasvirlashga so‘z yo‘q. Promoushenimiz jangchilaridan biri bo‘lgan Isaak Jonson jang oxirida hushini yo‘qotdi. Shifokorlar unga birinchi yordam ko‘rsatib, kasalxonaga olib ketishdi. Biroq soat 1:30 da uning joni uzilganini bildim. Uning oilasi va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildiraman", - deb yozdi Jo Goytiya.

Eslatib o‘tamiz, Jonson muay-tay bo‘yicha o‘tkazilgan bahsning uchinchi raund yakunida hushini yo‘qotib, keyinchalik kasalxonaga yotqizilgan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q