Matniyozova ham mag‘lub bo‘ldi. Bugungi bahslar ham medallarsiz yakunlandi

  • 16 mart, 2019, 15:57
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ekaterinburg shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha katta dubulg‘a turnirining bugungi kungi bahslari vakillarimiz uchun medallarsiz yakunlandi.

Bundan biroz avval erkaklar terma jamoasidan -73 kg vazn toifasida Ulug‘bek Otamurodov va Obidxon No‘’monov, -81 kg vazn toifasida Muso Sobirov va Abbos Azizovlar turnirni muddatidan avval tark etishgandi.

Bir necha daqiqa muqaddam ayollar terma jamoasida -70 kg vazn toifasida tatamiga ko‘tarilgan vakilamiz Gulnoza Matniyozova ham 3-bosqichda turnirdagi ishtirokini yakunladi. Braziliyalik Mariya Portelyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan hamyurtimiz avvalgi bosqichda rossiyalik Taisiya Kireeva to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgandi.

Ma’lumot o‘rnida, kechagi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarda -52 kg vazn toifasidagi sportchimiz Diyora Keldiyorova ham dastlabki bosqichda Sara Menezesni mag‘lub etib, ikkinchi bosqichda polshalik Agata Perenchga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!