
Matyuidi Sarri haqida qanday fikrda?
Frantsiyalik yarim himoyachi Blez Matyuidi nega “Yuventus”ning sobiq ustozi Mauritsio Sarri haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Sarri bilan oramizda hech qachon shaxsiy darajada tortishuvlar bo‘lmagan. U judayam kamtar odam. Ayniqsa, men koronavirus bilan og‘riganimda, u har kuni qo‘ng‘iroq qilib ahvolimni so‘rab turardi. Shunda men Sarri qanday insonligini bildim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Afsuski, Sarrining “keksa sinora”dagi ishlari yurishmadi. U bir yillik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqarildi.
Fikrlar