
Mauritsio Sarri bir kunda qancha sigaret chekishini aytdi
Yaqindagina "Yuventus" klubi boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Mauritsio Sarri o‘zining tamaki ma’sulotlariga qanchalik tobe’ligi haqida gapirib o‘tdi.
“Kuniga 60 tadan sigaret chekaman. Ha, bu juda ko‘p. O‘yin payti u qadar chekkim kelmaydi, lekin o‘yin tugashi bilan darhol buni xohlab qolaman”, - deydi 60 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Sarri o‘tgan mavsumda Londonning “Chelsi” klubini boshqargan edi.
Fikrlar