Mavlud Tifievning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum

  • 03.12.2025 22:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 26 aprel kuni Turkiyada o‘tkazilgan "SAS" (Core Fighting Championship) turnirida hamyurtimiz Mavlud Tifiev ishtirok etishi kerak edi.

Biroq uning raqibi turkiyalik Erdem Dincher  belgilangan vazn me’yorini bajara olmagan. Aniqroq qilib aytsak, mezbonlar vakili 2 kg vazn tashlashni xohlamagan. Shu tariqa jang bekor qilingach, voqealar rivoji keskin tus olib ketgandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi turli gap-so‘zlardan so‘ng jangchilar barchasini hisob-kitob qilishga kelishib olishgandi. Vanihoyat, o‘sha kun keldi!

11 dekabr kuni Turkiyada "Core Fighting Championship 2" turniri bo‘lib o‘tadi. Unda Tifiev Dincher bilan kurash olib boradi. Quyida ushbu oqshomning to‘liq kardi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!