
Mavlud Tifievning navbatdagi raqibi kikboksing olamining mashhur vakili bo‘ladi!
8 oktyabr kuni BAAning Dubay shahrida professional kikboksing kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, BKK Kickboxing Championship turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi. U muaytay, K-1, kikboksing olamida anchagina mashxur bo‘lgan ruminiyalik Kiristian Mileaga qarshi jang qiladi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Milea Ruminiyaning TOP sportchilarni sarasiga kiradi. U professional muaytay, K-1 va kikboksing bo‘yicha 100 dan ortiq janglarda ishtirok etgan va aksariyatida g‘alaba qozongan.
Albatta, hamyurtimiz ham tajriba bobida raqibidan aslo qolishmaydi va shu o‘rinda ushbu muhim jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz!
Fikrlar