Mavsumning eng zo‘r transferi aniqlandi

  • 27 may, 20:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli Goal nashri 2024/2025 yilgi mavsumda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar o‘ntaligini e’lon qildi. Internet portali mutaxassislari tomonidan PSJdan "Real Madrid"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe mavsumning eng yaxshi transferi deb topildi.  Top-10lik quyidagicha:

Tecno

Kilian Mbappe ("Real"ga, PSJdan, erkin agent);

Joau Nevesh (PSJga, "Benfika"dan, 59 million funt);

Maykl Olise ("Bavariya"ga, "Kristal Pelas"dan, 50 million funt);

Skot Maktominay ("Napoli"ga, "Manchester Yunayted"dan, 26 million funt);

Desire Due (PSJga, "Renn"dan, 42 million funt);

Meyson Grinvud ("Marsel"ga, "Manchester Yunayted"dan, 27 million funt);

Romelu Lukaku ("Napoli"ga, "Chelsi"dan, 25 million funt);

Victor Osimxen ("Galatasaray"ga, "Napoli"dan, ijarada);

Sergu Guirassi ("Borussiya Dortmund"ga, "Shtuttgart"dan, 15 million funt);

Mateo Retegi ("Atalanta"ga, "Jenoa"dan, 24 million funt).

Ma’lumot o‘rnida, Kilian joriy mavsum "Real" safida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi hamda 4 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
28/05/2025 10:32
Ya'ni, Kilian Mbappe Real Madridga o'tib ham yo'q bo'lib qolmadi, balki eng zo'r to'purarga aylandi. U haqiqiy kuchli hujumchi