Maxachevning menejeri: “Islom motivatsiyani yo‘qotishdan qo‘rqardi”

  • 22.10.2025 20:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Islom Maxachevning menejeri Rizvan Magomedov sportchining engil vazn (70 kg) chempionlik kamaridan voz kechib, yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasiga o‘tish qarori haqida gapirdi.

Tecno

“Bu qaror unga umuman qiyin bo‘lmadi, chunki Islom bu haqda allaqachon o‘ylagan edi. U menga - motivatsiyani yo‘qotayapman, kamarni himoya qilish tobora oddiy ishga aylanmoqda, degan edi. Maxachev hatto motivatsiyani butunlay yo‘qotishdan va natijada navbatdagi himoyaga to‘g‘ri tayyorlanmaslikdan ham qo‘rqgan. Hozir esa u butunlay boshqacha kayfiyatda. Yangi vaznda chempionligik jangidan oldin o‘sha olov yana paydo bo‘ldi. Islom mazkur divizionga o‘tishni o‘zi xohlagan edi, faqat chempion Belal Muhammad bo‘lgani uchun biroz ikkilanayotgandi. Ammo endi barchasi o‘z joyiga tushdi”, - dedi menejer.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida Islom Maxachev avstraliyalik chempion Jek Della Maddalena bilan jang qilib, yangi vaznda yana chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!