Maxachqal’aning “Dinamo” klubi oʻyinchisi ilk bor Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilganiga munosabat bildirdi
Rossiya Premier-ligasida ishtirok etayotgan Maxachqal’aning "Dinamo" jamoasi himoyachisi Mahmud Mahamadjоnov ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi.
Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 23 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun shakllantirilgan yakuniy ro‘yxatga kiritdi.
Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 24 sentabr kuni Eronga qarshi maydonga tushadi, 1 oktabrda Suriya termasiga qarshi o‘ynaydi, 6 oktabr kuni esa Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Mahmud Mahamadjоnov "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistondagi faoliyati davomida bu klubdan tashqari "Paxtakor", "Dinamo Samarqand" va "Andijon" klublari sharafini himoya qilgan.
Iqtidorli futbolchini shu yilning yozida Maxachqal’aning "Dinamo" jamoasi 215 ming yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Himoyachi Rossiya Premier-ligasida uchta uchrashuvda maydonga tushish ham ulgirdi.

Fikrlar