Mayk Tayson: "Konor Makgregorga o‘xshagan odamni kamdan-kam uchratganman"
Boks afsonasi Mayk Tayson UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan uchrashgandan so‘ng, u haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Konor aql bovar qilmaydigan inson. U shunchaki ajoyib. Makgregorga o‘xshagan odamni kamdan-kam uchratganman. Unda juda ko‘p energiya bor", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Irlandiyalikning MMAdagi professional rekordida 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.
Fikrlar