Mayk Tayson va Roy Jons. Vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi (Video)
Los-Anjelesda boks bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan shou jangi uchun vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oqshomning markaziy jangida og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va 4 divizionning sobiq chempioni Roy Jons o‘zaro to‘qnash keladi.
Jonsning vazni 95,2 kilogramm chiqqan bo‘lsa, Tayson 99,8 vaznni ko‘rsatdi.
Jang bugun Los-Anjelesning "Staples Center" arenasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar