Mayk Tayson yoki Lennoks Lyuis? Isroil Madrimovdan o‘ziga xos fikrlar!

  • 30 may, 2024, 14:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

“Jang” loyihasi davom etadi. Navbatdagi fikr muallifi Isroil Madrimov bo‘ldi. Xabaringiz bor, bu xafta “qahramon”lari Mayk Tayson va Lennoks Lyuis edi. Hozircha Ruslan Chagaev hamda Bahodir Jalolov bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan edi. Madrimov ham ikki afsona haqida o‘ziga xos munosabat bildirdi.

Tecno

- To‘g‘risi, har ikkisi ham o‘z davrining juda kuchli bokschilari bo‘lgan. Masalan, Lyuis mutlaq jahon chempioni bo‘lgan. 24 yil avval barcha kamarlarni o‘ziniki qilgan. Endi, hammani o‘zini uslubi, texnikasi mavjud. Mayk Taysonning zarbasi kuchli ekanligi va ko‘p nokaut qilganligi sababli yorqin taassurot qoldirgan. Shuning uchun ko‘pchilik Taysonni e’tirof etishadi. Har ikkisi haqiqiy legenda! Ular haqida ko‘p fikr bildirish mumkin. Ularning o‘ziga xos bosib o‘tgan yo‘li bor. Biri mutlaq chempion sifatida tarixda qolgan bo‘lsa, bittasi nokautchi sifatida tarixdan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!