
Mayk Taysonni qanday noqulay holatga tushirishdi?
Tirik afsona Mayk Tayson maktab bolalari bilan bo‘lgan uchrashuv borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Maktablardan biriga bolalar bilan uchrashishga bordim. Zalda mingga yaqin bola bor edi. Ularga katta ekranda mening kimligimni tushunishlari uchun janglarimdan parchalar ko‘rsatishdi. Avvaliga ular meni aktyor deb o‘yladilar. Bu juda sharmandali. Faqat bitta meksikalik bola bobosi men haqimda so‘zlab berganini aytdi. Ha, men o‘zim shok holatidaman! Ko‘p yillar davomida boks klubida ishladim va 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boks sirlarini o‘rgatdim. Lekin Taysonni deyarli hech kim bilmaydi. Shuning uchun men ularga axloqsiz o‘yinlar o‘rniga, internet orqali eng buyuk bokschilar ishtirokidagi janglarni tomosha qilish fazifasini berdim",-dedi Tayson.
Fikrlar