Maykl Chendler ishora berdi, u Oq Uydagi turnirda Konor Makgregor bilan jang qilishi mumkin

  • 02.01.2026 15:30
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Amerikalik MMA ustasi Maykl Chendler Oq uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida Konor Makgregor bilan uchrashi mumkinligiga ishora qildi.

"2026 yil super o‘tishi aniq. Birinchidan, UFC endi Paramount+ da chiqadi. Ikkinchidan, Makgregor Oq Uydagi turnirda men bilan jang qilishi haqida mish-mishlar yuribdi. Hozir biz bu ma’lumotni na tasdiqlay olamiz, na rad eta olamiz, biroq mana shunday rejalar tuzilayotgani ehtimoldan holi emas", - dedi Maykl.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2021 yil "UFC 264" turnirida Dastin Poryedan yengilganidan buyon oktagonga chiqmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!