Maykl Karrik «naushnik»lar bilan «Manchester Yunayted» atrofidagi shovqinni o‘chirganini aytdi, ammo «Lids»dagi durangni «yangi boshlanish» deb biladi va jamoasi yomon seriyani to‘xtatishiga «shubhası yo‘q»
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik og‘ir haftadan so‘ng «Elland Roud»da «Lids»ga qarshi o‘yindan keyin klub atrofidagi shovqin-suronni o‘chirish uchun g‘oyoki «quloqchin taqishga» to‘g‘ri kelganini aytdi.
1:1 hisobidagi durang Kerrik uchun «Yunayted»ga yangi sahifa ochilgandek tuyuldi, biroq u so‘nggi 10 o‘yinda atigi ikki g‘alaba qo‘lga kiritilgani jamoa uchun yoqimsiz ko‘rinishini tan oldi.
Uchrashuv oldidan asosiy e’tibor «Real»ga qarshi Madriddagi o‘yindan keyin Lisandro Martinesning klub rahbariyatiga nisbatan keskin bayonotiga qaratilgandi. Argenalik markaziy himoyachi «Lids»ga qarshi bahsda ham omadi yurishmadi — u son qismidagi muammo sabab faqat birinchi taymni o‘ynab, dam olishda almashtirildi.
«Klub ichida hammasi tinch, lekin shu hafta quloqchinlar taqib yurishga to‘g‘ri keldi», — dedi Kerrik.
«Bugun ertalab yigitlar bilan gaplashib, bu o‘yin nima ekani, uning tarixi, muxlislar uchun, klub uchun, bizning bu yerga — ular hududiga kelishimiz uchun nima anglatishini tushuntirdim. Bu yerda g‘alaba qozonish yoki kamida natija olish uchun nimalar kerakligini aytdim.
«Bu maydonga tayyor bo‘lmasdan kelsangiz, albatta sinab ko‘radi. Men jamoaning maydondagi kayfiyatidan, o‘yinga qanday yondashganidan juda ko‘p ijobiy xulosa chiqardim».
Kerrikning fikricha, «Lids»ga qarshi durang «Manchester Yunayted» uchun ma’lum ma’noda yangi boshlanish bo‘lishi mumkin.
«Albatta, biz g‘alaba qozonmadik, shuning uchun ortiqcha xursand bo‘layotganimiz yo‘q. Lekin rostini aytsam, bu o‘yin biz qaerdaligimizni tan olish, vaziyatni qabul qilish va uni o‘zgartirishga urinish nuqtai nazaridan bir oz yangi startdek tuyuldi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, «Yunayted» turnir jadvalida hali ham 13-o‘rindan ko‘tarilolmayapti. Jamoa avgust oyida ligaga yangidan qo‘shilgan «Ipsvich» ustidan qozongan g‘alabadan boshqa Premyer-ligada yutuq qayd etmagan.
«Hozirgi holatga ma’lum bir tomondan qaralsa, manzara unchalik yaxshi emasligini tushunaman. Lekin menda jamoa yaxshi seriyaga tushib keta olishiga shubha yo‘q», — dedi Kerrik.
«Biz hech qanday holatda hammasi a’lo, deb o‘tirganimiz yo‘q, buni juda yaxshi tushunamiz. Lekin futbolda ba’zan qiyin davrlar bo‘ladi.
«Bu yerda so‘nggi yillarda ayrim davrlarda vaziyat turlicha yo‘nalishda ketgan. Biz guruh sifatida yetarlicha barqaror bo‘lib, to‘g‘ri ishlarni davom ettirishimiz kerak», — deya ta’kidladi murabbiy.
Uchrashuvda hisobni birinchi bo‘lib «Yunayted» ochdi — birinchi taymda Brayan Mbemu raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishidan ko‘p o‘tmay, burchak zarbasidan keyin Dominik Kalvert-Lyuin hisobni tenglashtirdi va «Lids»ning mavsum boshidagi muvaffaqiyatli seriyasi davom etdi.
«Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr o‘yindan keyin shunday dedi: «Tanaffusdan keyin standart vaziyatdan gol o‘tkazib yuborish — juda alamli. Bunday stadionlarga kelganingizda, standartlardan yutqazishga haqqingiz yo‘q. Biz esa aynan shunday vaziyatdan gol o‘tkazib, ularni o‘yinga qaytarib yubordik.
«Biz yaxshiroq o‘ynay olamiz. To‘p bilan yanada sifatliroq harakat qilishimiz kerak. Lekin jamoaviylik, ruh, kurashish istagiga hech kim shubha qila olmaydi. Bu yerga kelish oson emas, «Lids» chempionatda juda yaxshi ketyapti.
«70-daqiqalar atrofida o‘yinni qo‘lga ola boshladik va g‘alaba qozonish ehtimoli yuqoriroq ko‘rindi, lekin durang, ehtimol, adolatli natija», — deya xulosa qildi Maguayr.
Mavsumdagi beshinchi golini urgan Dominik Kalvert-Lyuin esa o‘z goli haqida shunday fikr bildirdi: «Mening maqsadim raqib himoyachisi uchun noqulaylik yaratish edi. Himoyachiga oson bo‘lmasligi uchun harakat qilaman. To‘pning parvozini his qilib, vaziyatga eng tez moslashdim.
«Ular hali ham juda kuchli jamoa, tarkibida mahoratli futbolchilar ko‘p, tashqaridan aytilgan gap-so‘zlardan qat’i nazar», — dedi u.
«Lids» bosh murabbiyi Daniel Farke esa jamoasi uch ochkoni qo‘ldan chiqarganidan norozi bo‘ldi. Unga ko‘ra, «Arsenal»ga qarshi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa munosib javob qaytargan, biroq bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmagan.
«Oxirgi bir oyda ko‘p narsani to‘g‘ri qilganimiz, agar biz «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda favorit sifatida ko‘rilgan bo‘lsak, biz uchun ma’lum ma’noda maqtov, deb qabul qildik», — dedi Farke. — «Bu obro‘ni o‘z mehnatimiz bilan qo‘lga kiritdik va bugun shu gaplarning to‘g‘ri ekanini isbotlashni istadik.
«Birinchi taymda hisobda ortda qolishimiz shart emasdek tuyuldi, lekin baribir raqib — «Manchester Yunayted». Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdik va ustunlikni saqlab qolishimiz kerak edi. O‘yinni yutish imkoni bor edi, lekin endi oldinga qarashdan boshqa iloj yo‘q», — deya so‘zini yakunladi Farke.

Fikrlar