Maykl Ouen "Manchester Yunayted"ga murabbiy tanlab berdi

  • 10.02.2026 20:19
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Maykl Ouen mankunyanliklarga murabbiy boʻyicha maslahat berdi.

"Oxirgi 10 yillikda "Manchester Yunayted" hamma narsani sinab koʻrdi. Ular tugʻma murabbiylik qobiliyati bor mutaxassislarni, sinalgan murabbiylarni, sobiq futbolchilarni, yangi daholardan tortib, tajribali mutaxassislarni jamoaga olib kelishdi. Ular ham koʻp strukturalar va katta transferlarni amalga oshirdi. Hozir shunday murabbiy borki, agar shu ruhda davom etadigan boʻlsa, jamoa eski shon-shuhratini qayta tiklashi mumkin. Kerrik barcha futbolchilar bilan muloqot jarayonini ideal tarzda olib bormoqda. U jamoaga kelganidan soʻng klubda jonlanish paydo boʻldi, ishonch qaytdi va oʻyinlarda barqarorlik paydo boʻldi. Maykl jamoani ichidan yaxshi biladi va tushunadi. U toʻgʻri yoʻlda davom etmoqda. Tasavvur qiling, MYu Chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi va Kerrikka "Ish uchun rahmat, biz boshqa murabbiyni tayinlaymiz" deyishdi. Shundan soʻng klub 10-12 yil oldingi holatga qaytadi. Axir bu oʻz oyogʻiga bolta urish emasmi. "Manchester Yunayted" uchun ayni vaqtdagi eng kerakli mutaxassis aynan Maykl Kerrikning oʻzi" dedi sobiq strayker.

Maʼlumot uchun, Maykl Kerrik MYuga kelganidan soʻng, mankunyanliklar ketma-ket 4ta uchrashuvdan buyon gʻalaba qozonib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!