Mbёmo: "Markusning jamoaga qaytgani juda yoqimli holat
«Manchester Yunayted» futbolchisi Brayan Mbeumo jamoadoshi Markus Reşford haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
28 yoshli angliyalik hujumchi oʻtgan mavsumni «Barselona» safida ijara asosida oʻtkazganidan soʻng, oʻzining tarbiya topgan klubi – «Manchester Yunayted»ga qaytdi.
«Markusning jamoaga qaytgani juda yoqimli holat. U bilan yaqinidan tanishish ham zavq bagʻishladi. Hammamiz uning mahorati, klub uchun qay darajada muhim ekanini yaxshi bilamiz. Hozir uning kayfiyati baland, oʻzi ham jamoada boʻlishdan xursand ekani koʻrinib turibdi. Oʻylaymanki, bu, avvalo, uning oʻzi uchun ham foydali», – deya Mbeumoning soʻzlaridan iqtibos keltiradi The United Stand nashri.
Markus Premier-liganing soʻnggi turida «Ipsvich»ga qarshi oʻyinda (5:2) asosiy tarkibda maydonga tushdi va 80-daqiqagacha harakat qildi.

Fikrlar