Mbappe do‘stini Parijga olib kelishni talab qilmoqda

  • 25 yanvar, 2023, 18:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyatidan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani jamoaga olib kelishni so‘ragan. Manbaga ko‘ra, Silvaning o‘zi ham faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish haqida o‘ylamoqda.

Tecno

28 yoshli yarim himoyachining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Bernardu joriy mavsumda APLning 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 80 million evro etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe va Silva 2015-2017 yillar oralig‘ida "Monako"da birga to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!