
Mbappe: EChL finalida "Yuventus"ga qarshi o‘ynashni istagan bo‘lar edim
"Bizning guruhimiz juda ham og‘ir guruh. Albatta, EChL bu kuchli jamoalar g‘olib chiqishni istaydigan turnir va bu tabiiy. "Napoli"ga qarshi o‘yin oson o‘tmaydi. Anchelotti boshqaruvidagi jamoa yaxshi falsafaga ega klub sanaladi. Ularda ajoyib muxlislar ham bor.
Krishtianu "Yuventus"da? U italyan futbolini yuqoriga olib chiqdi. A Seriya doimo kuchli ligalardan sanalib kelingan, ammo so‘nggi vaqtlarda biroz o‘z obro‘sini yo‘qotib qo‘ygan edi. Ronalud bilan endi odamlar yana A Seriyani ko‘rishni boshlashadi.
PSJ - "Yuventus" qarama-qarshiligi EChL finalida? Men bunga hoziroq qo‘shilgan bo‘lar edim", - dedi Mbappe.
Fikrlar