Mbappe Frantsiya terma jamoasini tark etdi
Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe milliy jamoa mashg‘ulotini muddatidan oldin yakunlab, maydonni yolg‘iz tark etdi.
Bu haqida mashhur afrikalik jurnalist Miki Juniyor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe jarohat olgani sababli mashg‘ulotni oxirigacha davom ettira olmagan.
Hozircha jarohat tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Biroq 8 iyun kuni Frantsiya terma jamoasini jahon chempionati oldidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi. Bu bahsda fransuzlar Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi va Mbappega dam berilishi mumkin.
Frantsiya guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Fransuzlar turnirdagi ilk bahsini 16 iyun kuni Senegalaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar