Mbappe hali Madridga bormay turib, “Real”ga katta daromad keltira boshladi

  • 13 iyul, 2024, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Kilian Mbappe transferini e’lon qilganidan keyin frantsiyalik forvardga 9-raqamni berdi va shu raqam ostida futbolchi nomi bilan futbolkalarni sotuvga chiqardi.

Tecno

El Chiringuito nashrining yozishicha, klub Mbappe nomi tushirilgan futbolkalar savdosini boshlab yubordi. Birinchi kunning o‘zidayoq, onlayn-do‘kon orqali Mbappening 7 mingdan ziyod futbolkasi 800 ming evroga sotildi.

Ayni paytda “Qirollik klubi” 25 yoshli frantsiyalik legionerni taqdimot marosimini tashkil etish bilan band. Tadbir 16 iyul kuni “Santyago Bernabeu”da o‘tkaziladi.  Bu marosimda 110 mingdan ziyod muxlis ishtirok etish istagini bildirgan. Arena ko‘pi bilan 85 ming kishini sig‘dira oladi.

PSJ bilan shartnomasi yakunlangan Kilian Mbappe “Real” bilan besh yillik bitim tuzdi. Unga ko‘ra, mohir to‘purar yiliga 30 million evro maosh oladi. Bundan tashqari, futbolchining samaradorligi alohida bonus bilan taqdirlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!