Mbappe ham, Vinisius ham emas! "Real"ning eng muhim futbolchisi aniqlandi
Ispaniyaning mashhur OkDiario nashri «Real Madrid»ning so‘nggi o‘yinini tahlil qilib, jamoadagi eng almashtirib bo‘lmas futbolchini alohida ta’kidladi. Nashrga ko‘ra, bu sharaf urugvaylik yarim himoyachi Federico Valverdega tegishli.
Mualliflar fikricha, Valverde maydonda bo‘lmagan paytda «Real» o‘yini sezilarli darajada kuchsizlanadi.
«Fede Valverde — Joze Mourinyo uchun almashtirib bo‘lmas futbolchi. «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yin yana bir bor uning naqadar muhim ekanini ko‘rsatdi: «Real»ning eng zaif qismi aynan kapitan maydonda bo‘lmagan vaqtda to‘g‘ri keldi», — deya yozadi nashr.
Eslatib o‘tamiz, yozda Federico Valverdeni «Real Madrid»dan sotilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Fikrlar