Mbappe Jahon chempionatlari tarixida yana bir rekord o‘rnatdi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatlari tarixida yettita o‘yinda ikkitadan yoki undan ko‘p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Mbappe "JCh-2026" 1/16 finalida Shvetsiyaga qarshi bahsda dubly muallifi bo‘ldi.
U bundan avval ham Iroq (3:0), Senegal (3:1), Argentina (3:3, penaltilar — 2:4, 2022), Polsha (3:1, 2022), Daniya (2:1, 2022) va Argentina (4:3, 2018)ga qarshi o‘yinlarda ikki yoki undan ko‘p gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, Kilian joriy mundialda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi. "Uchranglilar" nimchorak finalda Paragvayga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar