Mbappe jamoa tanlashda xatoga yo‘l qo‘yganini tan olmadi

  • 12.09.2026 16:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«France Football» nashriga bergan intervyusida Kilian Mbappe «Pari Sen-Jermen» tarkibidan ketganidan so‘ng Parij klubining Yevropa Chempionlar ligasida qatorasiga ikki marta g‘olib chiqqanini, shu bilan birga u kelganidan beri «Real Madrid» hali bu musobaqada sovrin ololmayotganini sharhladi. 

Hujumchi bu borada ochiq gapirdi.

«Ular yutib qo‘yishdi, buni hech kim inkor qila olmaydi, ularni tabriklayman. G‘alabalarini o‘zlari qura olishdi. Ikkinchi marta ketma-ket chempion bo‘lishdi — bu haqiqatan ham ajoyib natija. Hozir ular — ag‘darish kerak bo‘lgan jamoa. Biz, «Real», va boshqa barcha klublar ikki marta g‘olib chiqqan jamoani mag‘lub etishni o‘ylab maydonga chiqyapmiz», — dedi Mbappe.

Futbolchi vaziyatni futboldagi tabiiy almashinuv, ya’ni tsikllar bilan izohladi:

«Men PSJdagi o‘z tsiklimni yakunladim. Klub esa yangi bosqichni boshladi: asosiy tarkib uchun besh nafar futbolchini olishdi — Pacho, Nevesh, Due, keyin qishda Kvaratsxeliya keldi. Bu yangi tsikl mening so‘nggi mavsumidayoq boshlangan edi. 

Luis Enrique bilan Chempionlar ligasi yarim finaligacha yetdik, «Borussiya Dortmund»ga qarshi o‘ynadik, finalga bir qadam qolgandi, demak, uch yil ketma-ket finalga chiqish imkoniyati bor edi. Ular uchun bu shunchaki yangi bosqichning ikkinchi yili edi», — deya ta’kidladi u.

Mbappe o‘z qarorini yana bir bor oydinlashtirdi:

«Butun umrimni Liga 1da o‘tkazishni tasavvur qilmaganman. Orzumni amalga oshirib, «Real» safida o‘ynashni istadim. Dunyodagi eng nufuzli klubga o‘tish hech qachon xato qaror bo‘lmaydi», — dedi hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!