Mbappe Messi va Ronaldу haqidagi bahsga munosabat berdi

  • 06.06.2026 01:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni oʻrtasidagi taqqoslashlarga munosabat bildirdi.

Mbappening taʼkidlashicha, u har ikki yulduz bilan ham maydonda harakat qilgan va ularning oʻyinini yaqinidan koʻrish imkoniga ega boʻlgan.

"Krishtianu mening bolalikdagi kumirim boʻlgan. Shu bilan birga, men Messi bilan bir jamoada ham oʻynadim. Ular mutlaqo boshqacha futbolchilar. Biri oʻng oyoqli, biri chap oyoqli, biri kuchli va toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qiladi, ikkinchisi esa oʻyinni yaxshiroq his qilib, pleymeyker sifatida harakat qiladi", — dedi Mbappe.

Shuningdek, u "Ronalduda mehnat mahsuli, Messi esa sof isteʼdod" degan fikrga ham qarshi chiqdi.

"Ronalduda talant yoʻq yoki Messi qattiq mehnat qilmaydi deydigan inson futbol oʻynamagan boʻladi. Bunday fikrni butsa kiyib maydonga tushgan odam ayta olmaydi", — dedi fransuz hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!