Mbappe prezidentlik haqidagi savolga javob berdi

  • 15.06.2026 14:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hamda "Real" hujumchisi Kilian Mbappe futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin siyosatga kirish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Avvalroq fransuz yulduzi kelajakda "yanada kattaroq maqsadlari" borligini aytgandi. Shu munosabat bilan undan Frantsiya prezidenti bo‘lish rejasi bor-yo‘qligi so‘raldi.

"Yo‘q, xavotir olmanglar, men Frantsiya prezidenti bo‘lmoqchi emasman. Bu haqida menga ko‘p gapirishadi, ammo bu rejalarim qatoriga kirmaydi.

Meni hozirning o‘zida yetarlicha yoqtirmaydiganlar bor", — dedi Mbappe kulib.

"Men kelajakda ko‘proq ko‘zga tashlanmaydigan hayot kechirishni istayman", — deya qo‘shimcha qildi 27 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe hozirda Frantsiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Fransuzlar guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!