Mbappe "Qayrat" ustidan yirik g‘alaba va xet-trik haqida gapirdi
"Real" forvardi Kilian Mbappe 2-turdagi "Qayrat"ga qarshi bahsda (5:0) xet-trik qayd etdi va o‘yindan keyin fikr bildirdi:
— "Atletiko"ga qarshi mag‘lubiyat (2:5) unutildimi?
— Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Unutmaslik kerak. Bu — boshqa turnir, lekin o‘tgan haftadagi mag‘lubiyat haqida o‘ylashimiz va bu yana takrorlanmasligi uchun ishlashimiz zarur.
— "Real" gollarining yarmidan ko‘pi sizning hisobingizga.
— Mening vazifam — jamoaga yordam berish. Faqat g‘alabalar va sovrinlar uchun nimalar qila olishim haqida o‘ylayman.
— Gyuler bilan aloqa?
— Juda yaxshi. U juda iste’dodli va kuchli futbolchi. Biz unga o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishiga yordam beryapmiz. Jamoamizda ekanidan xursandmiz.
— Qancha imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardingiz?
— Men kabi hujumchiga beshta imkoniyat beriladigan bo‘lsa, barchasini golga aylantirishi kerak. Shuning uchun ham "Real" men bilan shartnoma imzoladi. Har doim ko‘prog‘ini xohlayman. Uchta gol — yaxshi, lekin ko‘proq ursam bo‘lardi.
— Kurtuaning assisti haqida.
— U maxsus shunday uzatdimi, bilmayman, lekin bu ajoyib pas bo‘ldi. Golning 80 foizini u qildi, men faqat 20 foizini, — deya javob berib o‘tdi frantsiyalik yulduz.
Fikrlar