Mbappe “Real” tufayli “Oltin to‘p”ni ololmasligidan xavotirda
Madridning «Real» klubi fransuz hujumchisi Kilian Mbappe jamoa rahbariyatining sust pozitsiyasi tufayli «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmasligiga ishonmoqda. Bu haqida ispaniyalik jurnalist Ivan Martin ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi madridliklar uning nomzodini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish borasidagi ishlaridan norozi. Fransuz futbolchisi o‘tgan mavsumdagi yuqori natijadorligi va statistik ko‘rsatkichlari klub rahbariyati tomonidan ancha kuchli va faol piar-qo‘llab-quvvatlashga loyiq edi, deb hisoblamoqda.
Shuningdek, Mbappe o‘zining mashhur vatandoshi, «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan tomonidan ochiq qo‘llab-quvvatlanishini kutgani, ammo uning nomzodi foydasiga bildirgan ochiq bayonotlarni ololmagani ta’kidlanmoqda.
2026 yildagi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuniga belgilangan. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi va ushbu marosim tarixdagi 70-maroatba tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, g‘olib FIFA reytingining eng kuchli 100 taligiga kirgan mamlakatlardan 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish orqali aniqlanadi.

Fikrlar