Mbappe "Real"dagi qiyin paytida Ronaldudan maslahat so‘raganini aytdi

  • 27.03.2026 15:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikr bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu — mening kumirim. O‘tgan mavsum "Real"da qiyinchiliklarga duch kelganimda, men unga qo‘ng‘iroq qildim va u menga o‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarishga yordam berdi. Men undan juda minnatdorman", — dedi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009–2018 yillar davomida madridliklar safida o‘ynagan. 2022 yil oxiridan buyon u Saudiya ning "An-Nasr" klubida to‘p surmoqda.

Mbappe esa "Real"ga 2024 yil yozida qo‘shilgan. Joriy mavsumda fransuz hujumchisi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 38 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!