
Mbappe "Real"ga PSJdagi jamoadoshini ham olib ketmoqchi
PSJ futbolchisi Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi borasidagi gap-so‘zlar hamon yo‘q bo‘lgani yo‘q. Ispaniya matbuotiga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi hamon "qirollik klubi" safiga ko‘chib o‘tishni istaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kilian Parijdagi sherigi Ashraf Xakimini ham Madridga o‘tishini istaydi. Hozir "qaymoqranglilar" aynan Ashraf harakat qiladigan o‘ng qanotga himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Xakimi "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar