Mbappe “Real”ga qaytarishni istaydigan uch superfutbolchini aytdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappedan shunday imkon bo‘lganda qaysi futbolchilarni “Qirollik klubi” tarkibiga qaytargan bo‘lishini so‘rashdi.
- Agar ular qaytishi mumkin bo‘lganda Krishtianu Ronalduni, Zinedin Zidan yoki Ronaldoni tanlagan bo‘lardim.
Krishtianu qaytishi mumkin edi. Zizu hali ham vaqti-vaqti bilan o‘ynaydi. Ronaldoga kelsak... uning mahorati hech qachon so‘nmaydi. Ular – “Real” afsonalari. Ular klub uchun juda ko‘p ish qilishgan va hozir ham madridlik muxlislarda ulkan hurmat uyg‘otishadi, - deya Mbappening so‘zlarini AS nashri keltiradi.
Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda yettita uchrashuvda ishtirok etib, sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar