Mbappe "Real"ga yangi yulduzni olib kelishda yordam bermoqda

  • 14 oktabr, 14:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" forvardi Kilian Mbappe jamoasiga nafaqat maydonda, balki transfer bozorida ham yordam bermoqda, deb xabar berdi "Transfer News Live" nashri "Defensa Central"ga tayangan bo‘lib.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi — himoyachi Ibraima Konateni "Real" safida ko‘rishni xohlamoqda va uni madridliklar safiga qo‘shilishga ishontirayotgani ma’lum qilingan.

Mbappega ko‘ra, Konate "Real"ga o‘tishni xohlaydi va madridliklardan rasmiy taklif kutyapti. Qizig‘i, kelasi yozda "Real" frantsuz himoyachisini bepul tarzda olib kelishi mumkin, chunki uning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yil mavsumi oxirida tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe ham "Real" safiga erkin agent sifatida kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!