
Mbappe Ronaldudan o‘rnak olsin!
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Millatlar ligasi doirasida Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan har ikki tomon etakchilari – Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
- Krishtianu ko‘p yosh iqtidor egalari kabi Kilian uchun ham o‘rnak hisoblanadi. Agar ularni solishtirmoqchi bo‘lsak, ularning bir xil yoshda qanday o‘ynaganini tahlil qilish kerak bo‘ladi. Lekin har ikkisi ham jahon darajasidagi futbolchilar ekani shubhasiz, - dedi Desham.
Futbol jamoatchiligi Ronaldu va Messi faoliyatini yakunlagach, katta sahnaga aynan Kilian Mbappe va Erling Xoland kabi iqtidor egalari chiqishini kutmoqda.
Fikrlar