Ular Ronalduni engish yo‘lida birlashmoqchi

  • 11 oktabr, 2020, 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi futbolchisi Serjino Dest Chempionlar ligasining yangi mavsumi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Ma’lumki, kataloniyaliklar guruh bellashuvlarida “Yuventus”, “Dinamo Kiev” va Ferentsvarosh” bilan raqobatlashadi.

- Messi bilan yonma-yon Ronalduga qarshi o‘ynash men uchun tarixiy voqea bo‘ladi va bu kun tezroq kelishini kutyapman. Men klubga yordam berish uchun borimni berishga tayyorman. La Ligada ham, Chempionlar ligasida ham g‘olib bo‘lishni istayman. “barsa” tarixidagi birinchi amerikalik bo‘lish men uchun katta sharaf, - dedi 19 yoshli futbolchi.

Futbol jamoatchiligi Evropa Chempionlar ligasi doirasida Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning maydondagi o‘zaro raqobatini katta intiqlik bilan kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!