
Mbappe tezroq shu jamoaga o‘tmoqchi
PSJ yulduzi Kilian Mbappe jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Taniqli jurnalist Mario Kortexanning ma’lum qiligicha, 24 yoshli to‘purar imkon qadar tezroq “Real”ga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
2022 yilning boshida Kilianda Madrid klubiga o‘tish uchun qulay imkoniyat bor edi. Lekin u katta maosh evaziga Parijda qolishga qaror qildi.
Madridliklar o‘shanda hujumchidan xafa bo‘lgan va u uchun klub eshiklari yopiqligini ta’kidlagan.
Kilian Mbappening jahon chempionatidagi o‘yini kuzatgan Florentino Peres munosabatlarning sovuq ekaniga ko‘z yumib, to‘purarni o‘z jamoasiga olishga tayyorligini bildirmoqda.
Fikrlar