Mbappe va Neymar mojarosiga Ramos echim topib berdi

  • 17.08.2022 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Pari Sen-Jermen” himoyachisi Serxio Ramos jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi ziddiyatga barham berdi, deb xabar tarqatdi Le Parisien nashri.

Jamoaning asosiy yulduziga aylangan Kilian Mbappe anchadan beri klub rahbariyatidan braziliyalik Neymarni sotib yuborishni talab qilib keladi.

Neymar esa ijtimoiy tarmoqlarda Mbappe tanqid qilingan postlarga layk bosish orqali 23 yoshli futbolchining g‘ashiga tegishni davom ettirmoqda.

Klub rahbariyati yaqinda bosh murabbiy Kristof Galte va sport direktori Lukas Kamposni chaqirib, vaziyatga echim topishni so‘ragan.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha uchrashuvda katta tajribaga ega Serxio Ramos ham qatnashgan. Aynan ispan futbolchisi mojaroga aralashib, unga echim topib bergan va futbolchilarni o‘zaro kelishtirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!