
Mbappe va Neymarning munosabatlari yaxshi emas!
PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionati 8-turidan o‘rin olgan "Monpele"ga qarshi o‘yinda hujumdagi sherigining harakatlaridan norozi bo‘ldi.
"RMC Sport" xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi 88-daqiqada zaxiraga olinganidan keyin yarim himoyachi Idrissa Guyega Neymar borasida shikoyat qildi.
"U menga bunday pas bermaydi", - dedi Mbappe 89-daqiqada Neymar Drakslerning goliga pas berganidan so‘ng.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli forvard bu mavsum Liga 1 doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobaga 4 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar