
Mbappe va PSJ o‘rtasida nizo kelib chiqdi! 100 million evro pul to‘lanmagan
PSJ aprel oyidan buyon Kilian Mbappening maoshi va bonuslarni to‘lamayapti.
"L'Équipe" xabariga ko‘ra, gap deyarli 100 million evrolik qarz haqida ketmoqda. Mbappe PSJga to‘lovni amalga oshirish kerakligi borasida rasmiy xabar yubordi.
Ma’lumot uchun, Mbappe shu yozda "Real" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Frantsiyalik forvard PSJ bilan shartnomasini uzaytirmadi.
Kilian ayni vaqtda Frantsiya terma jamoasi bilan "Evro-2024"da ishtirok etmoqda va burnidan olgan jarohati bois Niderlandiyaga qarshi bahsda zaxirada qoldirildi.
Fikrlar