
Mbappe va Vinisius “Real”ga iltimos bilan chiqdi
“Real”ning ikki etakchisi – Kilian Mbappe va Vinisius Junior braziliyalik legioner Rodrigo Goes tufayli klub rahbariyatiga murojaat qildi.
Gap shundaki, “Qirollik klubi” Rodrigodan tezroq qutilishga harakat qilmoqda. Madridliklar xaridor topish uchun 24 yoshli qanot hujumchisining transfer summasini pasaytirishga qaror qilgandi.
TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, Mbappe va Vinisius klub xo‘jayinlaridan Rodrigoni jamoada saqlab qolishni so‘ragan.
“Real” ikkinchi planga o‘tib qolganidan norozi bo‘layotgan futbolchini sotib yuborish istagini bildirganidan keyin bu o‘yinchiga Angliya Premer-ligasining bir necha grand klublari jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Rodrigo Ispaniya poytaxtiga 2019 yili kelgan. Shu vaqtga qadar madridliklar safida 270 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 68 ta gol va 51 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar