
Mbappe yaxshi ko‘rgan pozitsiyasidan voz kechadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transferlar vaqtida “Real”ga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.
25 yoshli hujumkor futbolchi madridliklar tarkibidan joy olish uchun o‘zining maydonda yoqtirgan pozitsiyadan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda FootMercato nashri xabar tarqatdi.
Mbappe asosan qanotlardan hujum uyushtirishni yaxshi ko‘radi va asosan qanot hujumchisi sifatida to‘p tepib keladi. Bu pozitsiya unga ancha erkinlik beradi.
Manbaning ta’kidlashicha, Kilian “Real”da sof markaziy hujumchi vazifasini bajarishga tayyor.
Frantsiyalik futbolchi yangi pozitsiya unga ko‘proq gol urish imkonini berishiga va buning samarasida ikki nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p” va “Oltin Butsa”ni o‘ziniki qilishga ishonmoqda.
Fikrlar