Mbappe: "Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishni istamadim"

  • 13.10.2025 17:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe 2017 yilda "Monako"dan Madrid klubiga emas, balki PSJga ko‘chib o‘tgani haqida gapirdi. 

"Monako"ni tark etayotganimda 18 yoshda edim va o‘yin amalitiga ega bo‘lishim kerak edi. "Real"da esa o‘sha vaqtda  Karim Benzema, Geret Beyl va Krishtianu Ronaldu bor edi. Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish esa meni qoniqtirmas edi. Evropaning juda ko‘p grand klublari menga shartnoma taklif qilishdi. Albatta, "Real"da o‘ynashni orzu qilardim, ammo muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligimdan havotir olgan edim.

Keyin menga uyda, Parijda o‘ynash imkoni berildi va bu taklifni ikkilanmay qabul qildim. PSJda ajoyib etti yilni o‘tkazdim. "Real"da o‘ynash orzum esa so‘nmagan edi va o‘tgan yili o‘z maqsadimga erishdim. Men Madridda juda bahtliman", -
dedi frantsiyalik forvard.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!