
Mbappelarning kichigiga asosiy bahslarda imkon beriladimi?
"PSJ"ning yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Etan Mbappe akasi Kilian Mbappe bilan Parij klubining asosiy jamoasida mashg‘ulot o‘tkazdi.
15 yoshli futbolchi 2017 yilda akasi bilan birgalikda "PSJ"ga o‘tgan edi. U UEFA yoshlar ligasining joriy mavsumida beshta o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Etan 17 dekabr kuni "Parij"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida zaxiradan maydonga tushib, jamoasi safida debyut qilgan. Uchrashuv 30 daqiqadan ikki bo‘lim davom etdi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Kilian Mbappe joriy mavsum frantsuz klubi safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar