
Mbappeni qo‘ldan chiqarganimiz achinarli
“Arsenal” klubining sobiq skauti Jil Grimandi klub hali katta futbolda nomi chiqmagan Kilian Mbappening transferini amalga oshira olmaganini esga oldi.
Bu mutaxassis London klubida 13 yil faoliyat ko‘rsatgan.
- Biz o‘z vaqtida Mbappeni jamoamizga qo‘shilishga ishontira olmaganmiz. Uning dastlabki jamoasi bilan shartnomasi 2013 yilning iyunida tugashi kerak edi. Biz Kilian bilan fevralda uchrashganmiz. Lekin u “Monako”ni tanladi.
“Arsenal” muntazam yaxshi natijalarni qayd etolmaydi. Ana shunday vaziyatda zo‘r o‘yinchilarni olish deyarli imkonsiz, - dedi Grimandi The Sun nashriga.
2013 yili 14 yoshli Kilian “Monako” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. Uch yildan keyin PSJga yo‘l oldi. Parij klubi iste’dodli hujumchi uchun 180 million evro sarflagan.
Fikrlar