Mbappening holati qanday? Arbeloa to‘liq javob berdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappe sog‘ligi va o‘yin holati haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"So‘nggi kunlarda Kilian haqida chiqarilgan ma’lumotlar to‘liq yolg‘on. Hozir eng to‘g‘risi — bu mavzuni orqada qoldirib, uning gollariga e’tibor qaratmoq. U o‘z oldingi darajasiga qaytsin", — dedi Arbeloa.
Murabbiy Mbappe derbida zahirada qolishi bilan bog‘liq noroziligi haqida ham fikr bildirdi:
"Yo‘q, umuman yo‘q. Men bilan u doimo ochiq muloqotda bo‘lgan. Hamma masalalarni muhokama qildik. Asosiy tarkibda maydonga tushmasligi esa to‘liq mantiqiy qaror edi".
Arbeloa futbolchi bosimini kamaytirishi haqidagi mulohazalarga ham to‘xtalib:
"Kilian katta ijodiy va mehnatbardoshlikka ega, men nimani talab qilayotganimni yaxshi tushunadi. Bu Vinisiusga ham taalluqli. Hujumchilar himoyachilardan kamroq himoya qilishlari, lekin ko‘proq hujum qilishlari kerak.
Biz har kuni juda ham birdam jamoa bo‘lishimiz lozim. Barcha 25 futbolchi kerak. Hozir e’tiborni bellashuvlarga qaratish kerak, kuchni tejamaslik zarur. Keyin esa futbolchilarning iste’dodi o‘yin natijalarini hal qiladi", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar