Mbappening jarohati bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

  • 09.03.2026 03:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jarohatidan sog’ayish jarayonini davom ettirmoqda. Yakshanba kuni futbolchi Parijdagi davolashdan keyin Madriddga qaytdi, uni fizioterapevt va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy kuzatib bordi.

Jurnalist Fabris Hokins xabar berishicha, yaqin kunlarda forvard "Real"da mashg‘ulotlariga qayta boshlaydi.

Fransuz futbolchi Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan  "Manchester Siti"ga qarshi dastlabki bellashuvni aniq o‘tkazib yuboradi. Javob uchrashuvida qatnashishi ehtimoli uning yaqin kunlarda o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlariga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe "qaymoqranglilar" oxirgi uchta uchrashuvida maydonga tusha olmadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!