MDH o‘yinlari. Bokschi yigitlarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan MDH o‘yinlarining bugun boks bahslarida so‘nggi kun janglari o‘tkazildi. Finalga 10 nafar yigitlarimiz etib kelishgan edi, ulardan 5 tasi bugun g‘alaba qozonib 5 ta oltinni naqd qilishdi. Demak, o‘smir yigitlarimiz 5 ta oltin, 5 kumush va 1 dona bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Albatta, ushbu natija terma jamoamizni MDH o‘yinlarida tengsiz ekanligini belgilab berdi.
Oltin medal:
-54 kg. Behruz Rohataliev
-57 kg. Bobomurod Boymirzaev
-63 kg. Dilshod Ahmadjonov
-70 kg. Oybekjon Abdurahimov
-75 kg. Xurshidbek Jo‘raev
Kumush medal:
-46 kg. O‘tkirbek Norqosimov
-50 kg. Azizbek Shokirjonov
-60 kg. Otabek Nurmuhammadov
-66 kg. Kamronbek Hamdamov
+80 kg. Farhodjon Bahodirov
Bronza medal:
-52 kg. Bekzod Ismoiljonov
Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboev, Elnur Abduraimov.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar